Bir so’fiy tavbasi (Rus tilida)
Alloh barchamizni to’g'ri yo’lga boshlasin!!!
Xojatlarini amalga oshirib berishini so’rab shayxga iltijo qilishning hukmi nima?
Savol: (So’fiy) Shayx Evropada ta’lim olish uchun ketayotgan muridiga u bilan vidolasha turib unga:”Ey o’g'lim! Agar u yerda nafsing senga gunoh qilishga vasvasa qilsa shayxingni esla, shunda Alloh sendan bu yomonlikni va bu faxsh amalni ketkazadi”, deydi. Bu Allohga shirk keltirish emasmi?
Javob: Bu katta munkar amal, Allohga shirk keltirishdir, chunki u bu musibatdan uni qutqarish uchun shayxga iltijo qildi, shayx esa unga: “boshinga musibat tushsa Allohni esla, Robbingdan yordam, tavfiq so’ra, Unga qattiq bog’lan”, deyishi kerak edi. Ammo unga boshinga musibat kelsa shayxingni esla deb vasiyat qilishi g’uluv ketgan so’fiylarning xatolaridandir. Ular mana shunday qilib muridlarini, o’quvchilarini Allohni qo’yib o’zlariga ibodat qilishga , xojatlarini amalga oshirib berishni va boshlariga tushgan musibatni ketkazishni so’rab iltijo qilishga va faqat ularga tavakkul qilishga boshlaydilar, bu katta shirk, Alloh barchamizni bundan O’zi saqlasin. Bu murid Allohdan taqvo qilishi, boshiga musibat tushsa, o’ziga iltijo qilishni unga o’rgatgan shayxiga emas, Allohga iltijo qilishi va Undan yordam va tavfiq so’rashi lozim edi. Alloh yordam so’raladigan zotdir.
Imom AbdulAziz ibn Boz(rahimahulloh).
Avliyolarni vosita qiladigan odamning hukmi nima?
Savol: Bir kishi namoz o’qiydi, ro’za tutadi, Islomning barcha asoslarini bajaradi, shularning barchasi bilan bir qatorda Allohdan boshqaga ham duo qiladi, ya’ni avliyolarni vosita qiladi, ulardan yordam so’raydi, ularni foyda va zara keltirishga qodir deb e’tiqod qiladi, bizga aytingchi biron narsani Allohga sherik qilmaydigan, tavhidni biladigan farzandlar mana shunday odamdan meros oladimi? Bunday farzandlarning hukmi qanday bo’ladi.
Javob: “Kim namoz o’qib, ro’za tutib va Islomning barcha asoslarini bajarib turib, o’liklardan, g’oiblardan, farishtalardan va shunga o’xshash narsalardan yordam so’rasa, u mushrik, unga nasihat qilinsa nasihatni olmasa, o’lgunicha shu holatidan qaytmasdan davom etsa, u Islom dinidan chiqaradigan katta shirkka ko’ra mushrikdir.O’lsa jasadi yuvilmaydi, unga janoza namozi o’qilmaydi, musulmonlarning qabristoniga dafn qilinmaydi, unga gunohlari kechirilishi so’rab duo qilinmaydi, uning dini musulmonlarning dinidan o’zgacha bo’lganligi uchun farzandlari ham, ota-onasi ham, tavhidni biladigan aka-ukalari ham undan meros ololmaydi. Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytganlar:”Kofir musulmondan meros qolmaydi, musulmon ham kofirdan meros olmaydi”. Buxoriy va Muslim.
Doimiy fatvo bo’limi.
Sufiylarning qo’shiq aytib raqsga tushishlari hukmi nima?
Savol:So’fiylar o’ng va chapga tebranib, qo’shiq aytib raqsga tushadilar, buni halol yoki harom deb nomlaydilar, bu narsalarning hukmi nima bo’ladi?
Javob: So’zlarning yaxshisi Allohning So’zi, yo’llarning yaxshisi Muhammad(sallallahu ‘alayhi va sallam) ning yo’llari, ishlarning yomoni paydo qilinganlaridir(bid’atlar). Alloh ta’olo bandalari uchun dinni so’z, amal va e’tiqod jihatidan to’liq va mukammal qilib berdi, Alloh aytdi:
“Bugun sizlarga diningizni mukammal din qilib berdim, ne’matimni to’liq qildim, Islomni sizlarga din bo’lishiga rozi bo’ldim” (Moida surasi, 3-oyat)
Rasululloh(sallallahu ‘alayhi va sallam) so’zlari, amallari va tasdiqlari bilan bu dinni bayon qildilar, sahobalari(Alloh ulardan rozi bo’lsin) ham Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) dan sodir bo’lgan so’zlar, amallar va tasdiqlarni u zotdan qanday bo’lsa shundayligicha naql qilib keltirdilar, shuning uchun bu din asoslari jihatidan ham, bayoni va naql qilib keltirishi jihatidan ham to’liq va mukammal dindir. Zikr bu ibodat turlaridan biri, ibodatlar esa hujjatlar asosida bino qilingan, kimda-kim biron-bir ibodatni ajratib olib, unga muayyan bir vaqtni, uni bajarish uchun xos bir kayfiyatni belgilasa undan albatta dalil talab qilinadi, savolda aytilayotgan raqs va qo’shiqqa ishonarli shar’iy dalilni bilmaymiz. Rasululloh (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytganlar:“Kim bizning mana bu ishimizda unda bo’lmagan narsani paydo qilsa, u narsa nomaqbuldir”. Demak savolda aytilgan raqs va qo’shiqlar ham nomaqbul narsadir.
Doimiy fatvo bo’limi.
Sufiylik yo’llari haqida Islomning hukmi nima?
Savol: Shoziliya tariqati, Xuluvotiya tariqati va boshqa tariqatlar kabi Islomda ham ko’p tariqatlar bormi? Agar shunday yo’llar bor bo’lsa, bunga qanday dalil bor? Alloh taoloning ushbu So’zlarining ma’nosi nima?:
”Albatta mana shu Mening to’g'ri yo’limdir.Bas, unga ergashinglar!(boshqa) yo’llarga ergashmangizki, ular sizlarni uning to’g'ri yo’lidan uzib qo’yar. Shoyad taqvo qilsangizlar, deb (Alloh) sizlarni mana shu narsalarga buyurdi” (An’om surasi, 153-oyat)
“To’g'ri yo’lga (hidoyat qilish) Yolg’iz Alloh izmidadir, (Zotan, yo’llar) orasida egrisi ham bordir. Agar(Alloh) xohlaganda sizlarning barchangizni (To’g'ri yo’lga) hidoyat qilgan bo’lur edi”. (Naxl surasi, 9-oyat)
Mazkur oyatlarning ma’nosi nima? Tarqoq yo’llar nima? Allohning yo’li qaysi yo’l? Keyin hadisda zikr qilingan:Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) bir chiziq chizdilar, so’ng aytdilar:“Bu To’g'ri yo’l”, so’ng u chiziqning o’ng va chap tomonlaridan bir qancha chiziqlarni chizdilar va dedilar:“Bu yo’llarni har biri ustida unga chaqirib turadigan shayton bor”.
Buning ma’nosi nima?
Javob: Mazkur yo’llardan va na ularga uxshaganlaridan birontasi Islomda mavjud emas, Islomda mavjud yo’l mazkur ikki oyat , siz zikr qilgan hadisdagi va quyidagi hadisda ko’rsatilgan yo’ldir, Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdilar: “Yahudlar yetmish bir firqaga bo’linib ketdi. Nasroniylar yetmish ikkiga, mening ummatim esa yetmish uchga bo’linib ketadi. Bularning barchasi do’zaxga kiradi, faqat bittasigina Jannatga kiradi”, sahobalar so’radilar:“Ular kimlar, ey Rasululloh(sallallahu ‘alayhi va sallam)?”. Rasululloh(sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdilar:“Kim men va sahobalarim yurgan yo’ldan yursa, ana o’shalardir”.
Yana Payg’ambarimiz(sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdilar:“Ummatim bir toifasi doim haq ustida g’olib bo’lib turadi, modomiki ular shu holatda bo’lsalar toki Allohning buyrug’i kelmaguncha, yordam bermaganlar ham va ularga qarshi chiqqanlar ham ularga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar”. Haq bu, Qur’oni Karimga, sahih hadisga ergashishdir, mana bu Allohning yo’lidir, to’g'ri yo’ldir, to’g'ri yo’lni qasd qilish demakdir. Ibn Mas’udning hadisida zikr qilingan Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) chizib bergan to’g'ri chiziqdir, bundan boshqasi Alloh taoloning so’zida zikr qilingan noto’g'ri yo’llardir:
“Boshqa yo’llarga ergashmangizki, ular sizlarni uning to’g'ri yo’lidan uzib qo’yar”.(An’om surasi, 153-oyat)
Doimiy fatvo bo’limi.
Shayx Abduvali qorining Najot topuvchi firqa ma’ruzalari:
Tumorning hukmi
Shayx Abduvali qorining Tumorning hukmi haqida ma’ruzalari:
Alloh taoloning sifatlari haqida
As salamu alaikum.
Sufiylar Alloh taoloning sifatlari masalasida Jahmiyyalar, Ash’ariyyalar yoki Moturidiylar aqidalaridadir. Shu sababdan ham Allohning ko’p sifatlarini rad yoki ta’vil etishadi. Ba’zilari aytishadiki, Alloh taolo ikkita deyishlik qanday shirk bo’lsa Alloh taoloni Osmon yuqorisida, Arshisi yuqorisida deyishlik ham xuddi o’shanday shirkdir.
Ya’ni bu deganlari Alloh taolo Osmonda, Osmon yuqorisida, Arshisi yuqorisida deganlar shirk qilgan bo’lishadi deb aytishmoqchi. Haqiqatda esa Alloh taoloning O’zi, Muhammad sallallahu alayhi va sallam, sahobalar va 4 imom mazhablari Alloh taoloning Arshisi yuqorisida ekanliklarini aytishgan. Quyida dalillar:
“Ar-Rohman (o’ta Mehribon) bo’lgan Zot Arsh ustiga istawa qildi.(istawa - ko’tarilish, bir
narsaga oliy bo’lish ma’nosini anglatadi, ya’ni Alloh Ta’alo Arshning ustiga ko’tarildi) [Toha 20:5]
Paygambarimiz sallallohu alayhi wa sallam:
“Alloh Ta’alo barcha borliqni yaratishdan awwal bir kitob yozdiki …. u kitib O’zi bilan
Arshning ustidadir (fawq Al-Arshi) ” dedilar.1 [Imom Bukhoriy rivoyati]
Buxoriyning qabri
As Salaamu ‘alaikum.
Afsuski, Shariatda masjid ichida qabr bo’lishligi qat’iy taaqiqlangan bo’lsa ham, yurtimizda Imom Buxoriy rahimahulloh qabrlari atrofida bir masjid qurishdi. Odamlar bu yerni ziyorat qilib Imom Buxoriy qabriga sig’inishni boshladilar.
Sufizm ta’limotlaridan biri bu mana shu kabi narsalarni qo’llashlik va uning to’g'riligini qat’iy isbotlashga urunishlik. InshaAlloh kelgusida, sufiylarning mana shu masalagi shubhalariga birma bir raddiyalar beriladi.
”O’z payg’ambarlarining qabrlarini ibodat joyi qilib olgan Yahudiy va Nasroniylarga Allohning la’nati bo’lsin” Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Necha yillar muqaddam yashab o’tgan Buhoriy,
Koplab sahih hadisga bo’lgan edi u roviy.
Buhoroda tug’ilib, nom olgan “Imom Buhoriy,
Erta yodlab Furqonni, ham bo’lgandi u qoriy.
Zamon otdi ul zot rihlat qildi baqoga,
Ey, Voh johil vatandoshlar sajda qilmish qabriga.
Biri kelib farzand so’rar, sog’liq so’rar taniga,
Yana biri qo’y so’yadi qasam ichib qoniga.
Odamlar oqib kelar shirk urchigan makonga,
Shoshilishar masjidgamas Buhoriyning qabriga.
Har tarafdan bidat qilar tavba qilmay Allohga,
Sanab o’tsam dosh berolmam tushib telba holiga.
To’htanglar ey odamlar, so’zimga quloq tutib,
Namoz vaqti bo’lganda ketmanglar yuzni burib.
Egamning g’azabiga duchor bo’lmasdan turib,
Baloning boshlanishi orolning suvi qurib.
Yana sizga qandayin balo ofatlar kerak?
Tavhid yo’lin tanlash uchun bular bizga bir darak.
BAS! Buhoriyning qabrini qo’yinglar o’z holiga,
Shod qilay deb ruhin, qo’ymanglar azoblarga.
Qo’rqaman Allohimning g’azabi azobidan,
Duo qilib so’rayman halqimga nusratidan.


(3 votes, average: 3.33 out of 5)