Avliyolarni vosita qiladigan odamning hukmi nima? | Sufizm haqiqatlari

Avliyolarni vosita qiladigan odamning hukmi nima?

December 31st, 2008 | SofIslom | Sufizm haqida

1 Star2 Stars3 Stars4 Stars5 Stars (1 votes, average: 5 out of 5)
Loading ... Loading ...

Savol: Bir kishi namoz o’qiydi, ro’za tutadi, Islomning barcha asoslarini bajaradi, shularning barchasi bilan bir qatorda Allohdan boshqaga ham duo qiladi, ya’ni avliyolarni vosita qiladi, ulardan yordam so’raydi, ularni foyda va zara keltirishga qodir deb e’tiqod qiladi, bizga aytingchi biron narsani Allohga sherik qilmaydigan, tavhidni biladigan farzandlar mana shunday odamdan meros oladimi? Bunday farzandlarning hukmi qanday bo’ladi.

Javob: “Kim namoz o’qib, ro’za tutib va Islomning barcha asoslarini bajarib turib, o’liklardan, g’oiblardan, farishtalardan va shunga o’xshash narsalardan yordam so’rasa, u mushrik, unga nasihat qilinsa nasihatni olmasa, o’lgunicha shu holatidan qaytmasdan davom etsa, u Islom dinidan chiqaradigan katta shirkka ko’ra mushrikdir.O’lsa jasadi yuvilmaydi, unga janoza namozi o’qilmaydi, musulmonlarning qabristoniga dafn qilinmaydi, unga gunohlari kechirilishi so’rab duo qilinmaydi, uning dini musulmonlarning dinidan o’zgacha bo’lganligi uchun farzandlari ham, ota-onasi ham, tavhidni biladigan aka-ukalari ham undan meros ololmaydi. Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytganlar:”Kofir musulmondan meros qolmaydi, musulmon ham kofirdan meros olmaydi”. Buxoriy va Muslim.

Doimiy fatvo bo’limi.



“Avliyolarni vosita qiladigan odamning hukmi nima?” ga Bitta Izoh

  1. SofIslom dedi:

    www.sofislom.com sahifasida Aqida bo’limida Islomni buzuvchi amallar sharhlari bilan tushuntirilgan maqolalar juda foydalik.

Izoh berish