Sufiylarning qo’shiq aytib raqsga tushishlari hukmi nima?

November 1st, 2008 | SofIslom | Sufizm haqida

1 Star2 Stars3 Stars4 Stars5 Stars (2 votes, average: 5 out of 5)
Loading ... Loading ...

Savol:So’fiylar o’ng va chapga tebranib, qo’shiq aytib raqsga tushadilar, buni halol yoki harom deb nomlaydilar, bu narsalarning hukmi nima bo’ladi?

Javob: So’zlarning yaxshisi Allohning So’zi, yo’llarning yaxshisi Muhammad(sallallahu ‘alayhi va sallam) ning yo’llari, ishlarning yomoni paydo qilinganlaridir(bid’atlar). Alloh ta’olo bandalari uchun dinni so’z, amal va e’tiqod jihatidan to’liq va mukammal qilib berdi, Alloh aytdi:

“Bugun sizlarga diningizni mukammal din qilib berdim, ne’matimni to’liq qildim, Islomni sizlarga din bo’lishiga rozi bo’ldim” (Moida surasi, 3-oyat)

Rasululloh(sallallahu ‘alayhi va sallam) so’zlari, amallari va tasdiqlari bilan bu dinni bayon qildilar, sahobalari(Alloh ulardan rozi bo’lsin) ham Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) dan sodir bo’lgan so’zlar, amallar va tasdiqlarni u zotdan qanday  bo’lsa shundayligicha naql qilib keltirdilar, shuning uchun bu din asoslari jihatidan ham, bayoni va naql qilib keltirishi jihatidan ham to’liq va mukammal dindir.  Zikr bu ibodat turlaridan biri, ibodatlar esa hujjatlar asosida bino qilingan,  kimda-kim biron-bir ibodatni ajratib olib, unga muayyan bir vaqtni, uni bajarish uchun xos bir kayfiyatni belgilasa  undan albatta dalil talab qilinadi, savolda aytilayotgan raqs va qo’shiqqa ishonarli shar’iy dalilni bilmaymiz. Rasululloh (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytganlar:“Kim bizning mana bu ishimizda unda bo’lmagan narsani paydo qilsa, u narsa nomaqbuldir”.  Demak savolda aytilgan raqs va qo’shiqlar ham nomaqbul narsadir.

Doimiy fatvo bo’limi.

Discuss


Sufiylik yo’llari haqida Islomning hukmi nima?

November 1st, 2008 | SofIslom | Sufizm haqida

1 Star2 Stars3 Stars4 Stars5 Stars (1 votes, average: 5 out of 5)
Loading ... Loading ...

Savol: Shoziliya tariqati, Xuluvotiya tariqati va boshqa tariqatlar kabi Islomda ham ko’p tariqatlar bormi? Agar shunday yo’llar bor bo’lsa, bunga qanday dalil bor? Alloh taoloning ushbu So’zlarining ma’nosi nima?:

 ”Albatta mana shu Mening to’g'ri yo’limdir.Bas, unga ergashinglar!(boshqa) yo’llarga ergashmangizki, ular sizlarni uning to’g'ri yo’lidan uzib qo’yar. Shoyad taqvo qilsangizlar, deb (Alloh) sizlarni mana shu narsalarga buyurdi” (An’om surasi, 153-oyat)

“To’g'ri yo’lga (hidoyat qilish) Yolg’iz Alloh izmidadir, (Zotan, yo’llar) orasida egrisi ham bordir. Agar(Alloh) xohlaganda sizlarning barchangizni (To’g'ri yo’lga) hidoyat qilgan bo’lur edi”. (Naxl surasi, 9-oyat)

Mazkur oyatlarning ma’nosi nima? Tarqoq yo’llar nima? Allohning yo’li qaysi yo’l? Keyin hadisda zikr qilingan:Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) bir chiziq chizdilar, so’ng aytdilar:“Bu To’g'ri yo’l”, so’ng u chiziqning  o’ng va chap tomonlaridan bir qancha chiziqlarni chizdilar va dedilar:“Bu yo’llarni har biri ustida unga chaqirib turadigan shayton bor”.

Buning ma’nosi nima?

Javob: Mazkur yo’llardan va na ularga uxshaganlaridan birontasi Islomda mavjud emas, Islomda mavjud yo’l mazkur ikki oyat , siz zikr qilgan hadisdagi va quyidagi hadisda ko’rsatilgan yo’ldir, Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdilar: “Yahudlar yetmish bir firqaga bo’linib ketdi. Nasroniylar yetmish ikkiga, mening ummatim esa yetmish uchga bo’linib ketadi. Bularning barchasi do’zaxga kiradi, faqat bittasigina Jannatga kiradi”, sahobalar so’radilar:“Ular kimlar, ey Rasululloh(sallallahu ‘alayhi va sallam)?”. Rasululloh(sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdilar:“Kim men va sahobalarim yurgan yo’ldan yursa, ana o’shalardir”.

Yana Payg’ambarimiz(sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdilar:“Ummatim bir toifasi doim haq ustida g’olib bo’lib turadi, modomiki ular shu holatda bo’lsalar toki Allohning buyrug’i kelmaguncha, yordam bermaganlar ham va ularga qarshi chiqqanlar ham ularga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar”. Haq bu, Qur’oni Karimga, sahih hadisga ergashishdir, mana bu Allohning yo’lidir, to’g'ri yo’ldir, to’g'ri yo’lni qasd qilish demakdir. Ibn Mas’udning hadisida zikr qilingan Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) chizib bergan to’g'ri chiziqdir, bundan boshqasi Alloh taoloning so’zida zikr qilingan noto’g'ri yo’llardir:

“Boshqa yo’llarga ergashmangizki, ular sizlarni uning to’g'ri yo’lidan uzib qo’yar”.(An’om surasi, 153-oyat)

Doimiy fatvo bo’limi.

Shayx Abduvali qorining Najot topuvchi firqa ma’ruzalari:

Discuss