Alloh taoloning sifatlari haqida | Sufizm haqiqatlari

Alloh taoloning sifatlari haqida

October 23rd, 2008 | SofIslom | Sufizm haqida

1 Star2 Stars3 Stars4 Stars5 Stars (2 votes, average: 5 out of 5)
Loading ... Loading ...

As salamu alaikum.

Sufiylar Alloh taoloning sifatlari masalasida Jahmiyyalar, Ash’ariyyalar yoki Moturidiylar aqidalaridadir. Shu sababdan ham Allohning ko’p sifatlarini rad yoki ta’vil etishadi. Ba’zilari aytishadiki, Alloh taolo ikkita deyishlik qanday shirk bo’lsa Alloh taoloni Osmon yuqorisida, Arshisi yuqorisida deyishlik ham xuddi o’shanday shirkdir.

Ya’ni bu deganlari Alloh taolo Osmonda, Osmon yuqorisida, Arshisi yuqorisida deganlar shirk qilgan bo’lishadi deb aytishmoqchi. Haqiqatda esa Alloh taoloning O’zi, Muhammad sallallahu alayhi va sallam, sahobalar va 4 imom mazhablari Alloh taoloning Arshisi yuqorisida ekanliklarini aytishgan. Quyida dalillar:

“Ar-Rohman (o’ta Mehribon) bo’lgan Zot Arsh ustiga istawa qildi.(istawa - ko’tarilish, bir
narsaga oliy bo’lish ma’nosini anglatadi, ya’ni Alloh Ta’alo Arshning ustiga ko’tarildi)
[Toha 20:5]

Paygambarimiz sallallohu alayhi wa sallam:

“Alloh Ta’alo barcha borliqni yaratishdan awwal bir kitob yozdiki …. u kitib O’zi bilan
Arshning ustidadir (fawq Al-Arshi) ”
dedilar.1 [Imom Bukhoriy rivoyati]

Davomini yuklab oling


Izoh berish