Tumorning hukmi
Shayx Abduvali qorining Tumorning hukmi haqida ma’ruzalari:
Rufaiylarning yana bir “zikr”lari
Alloh bu narsalardan barchamizni saqlasin! Ameen!
Shayx Nazim bilan yana bir “zikr”
Qaysi musulmon sahobalarning Muhammad sallallahu alayhi va sallam atrofida shunday “jinni”larcha raqsga tushganlariga ishona oladi?!
Naqshbandiylar “zikri”
Qaysi aql bu narsani Islomdagi ibodat deb qabul qila oladi?!
Alloh taoloning sifatlari haqida
As salamu alaikum.
Sufiylar Alloh taoloning sifatlari masalasida Jahmiyyalar, Ash’ariyyalar yoki Moturidiylar aqidalaridadir. Shu sababdan ham Allohning ko’p sifatlarini rad yoki ta’vil etishadi. Ba’zilari aytishadiki, Alloh taolo ikkita deyishlik qanday shirk bo’lsa Alloh taoloni Osmon yuqorisida, Arshisi yuqorisida deyishlik ham xuddi o’shanday shirkdir.
Ya’ni bu deganlari Alloh taolo Osmonda, Osmon yuqorisida, Arshisi yuqorisida deganlar shirk qilgan bo’lishadi deb aytishmoqchi. Haqiqatda esa Alloh taoloning O’zi, Muhammad sallallahu alayhi va sallam, sahobalar va 4 imom mazhablari Alloh taoloning Arshisi yuqorisida ekanliklarini aytishgan. Quyida dalillar:
“Ar-Rohman (o’ta Mehribon) bo’lgan Zot Arsh ustiga istawa qildi.(istawa - ko’tarilish, bir
narsaga oliy bo’lish ma’nosini anglatadi, ya’ni Alloh Ta’alo Arshning ustiga ko’tarildi) [Toha 20:5]
Paygambarimiz sallallohu alayhi wa sallam:
“Alloh Ta’alo barcha borliqni yaratishdan awwal bir kitob yozdiki …. u kitib O’zi bilan
Arshning ustidadir (fawq Al-Arshi) ” dedilar.1 [Imom Bukhoriy rivoyati]
Buxoriyning qabri
As Salaamu ‘alaikum.
Afsuski, Shariatda masjid ichida qabr bo’lishligi qat’iy taaqiqlangan bo’lsa ham, yurtimizda Imom Buxoriy rahimahulloh qabrlari atrofida bir masjid qurishdi. Odamlar bu yerni ziyorat qilib Imom Buxoriy qabriga sig’inishni boshladilar.
Sufizm ta’limotlaridan biri bu mana shu kabi narsalarni qo’llashlik va uning to’g'riligini qat’iy isbotlashga urunishlik. InshaAlloh kelgusida, sufiylarning mana shu masalagi shubhalariga birma bir raddiyalar beriladi.
”O’z payg’ambarlarining qabrlarini ibodat joyi qilib olgan Yahudiy va Nasroniylarga Allohning la’nati bo’lsin” Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Necha yillar muqaddam yashab o’tgan Buhoriy,
Koplab sahih hadisga bo’lgan edi u roviy.
Buhoroda tug’ilib, nom olgan “Imom Buhoriy,
Erta yodlab Furqonni, ham bo’lgandi u qoriy.
Zamon otdi ul zot rihlat qildi baqoga,
Ey, Voh johil vatandoshlar sajda qilmish qabriga.
Biri kelib farzand so’rar, sog’liq so’rar taniga,
Yana biri qo’y so’yadi qasam ichib qoniga.
Odamlar oqib kelar shirk urchigan makonga,
Shoshilishar masjidgamas Buhoriyning qabriga.
Har tarafdan bidat qilar tavba qilmay Allohga,
Sanab o’tsam dosh berolmam tushib telba holiga.
To’htanglar ey odamlar, so’zimga quloq tutib,
Namoz vaqti bo’lganda ketmanglar yuzni burib.
Egamning g’azabiga duchor bo’lmasdan turib,
Baloning boshlanishi orolning suvi qurib.
Yana sizga qandayin balo ofatlar kerak?
Tavhid yo’lin tanlash uchun bular bizga bir darak.
BAS! Buhoriyning qabrini qo’yinglar o’z holiga,
Shod qilay deb ruhin, qo’ymanglar azoblarga.
Qo’rqaman Allohimning g’azabi azobidan,
Duo qilib so’rayman halqimga nusratidan.
Rufai zikrlaridan(nozik insonlar uchun ko’rish tavsiya etilmaydi)
Bu sufiy tariqatchilar bu “zikr” laridan o’zlarining qorinlarika, yuraklariga, og’izlariga nayza tiqsalar ham qon chiqmaydi. Hattoki bittasi olovni og’ziga soladi va hech narsa bulmagandek utiradi. Shubha yo’qki bu kabilar jinlar bilan ish qilishadi va shuning uchun ham na olov ta’siri va na naysa ta’sirini sezisha oladi. Bularni Turkiyada uchratgan bir birodar aytdiki, bir shunaqa utirishlarida Azon eshitilib qolgan va undan keyin bularning barchasi kasalxonaga olib borilgan, chunki azon aytilganda jin qochib ketadi shundan keyin ular og’riqni sezisha boshlagan va yaralari zararini bilishgan. Alloh bu aqidadan saqlasin. Ameen!

(5 votes, average: 4.2 out of 5)